TOShKENT, 26-iyul — Sputnik. Noan’anaviy jinsiy oriyentatsiya jamiyati faollari qator davlatlarda ta’qiqlangan "Islom davlati" terrorchilik uyushmasiga qarshi jangovar harakatlarni olib borish uchun o‘z xususiy qo‘shinlarini shakllantirdilar, deb xabar qildi Newsweek nashri. Sputnik Belarus xabari asosida.
Tuzilma "Gomoseksualist qo‘zg‘olonchilar ozodlik armiyasi" (The Queer Insurrection and Liberation Army, yoxud TQILA), deb ataladi.
Tuzilma "Xalqaro ozodlik bataloni" tarkibiga kiritilgan "Xalqaro inqilobiy xalq qo‘zg‘olonchilari qo‘shinlari" (IRPGF) bilan birga jang qilishi aytilmoqda.
"Biz Xalqaro inqilobiy xalq qo‘zg‘olonchilari qo‘shinlari (IRPGF), Gomoseksualist qo‘zg‘olonchilar ozodlik armiyasi (TQILA) tuzilmasi tashkil etilgani haqida rasman e’lon qilamiz", – deyilgan IRPGFning Twitterda e’lon qilingan xabarida.
Xabarda aytilishicha, TQILA "zolimlik, fashizm va istibdod"ga qarshi kurashadi. Ayni vaqtda yangi qo‘shinlarning aniq soni noma’lumligicha qolmoqda. Ammo TQILA vakili Xeval Rojilatning aytishicha, tuzilma ishtirokchilari tomonidan Suriyaning Rakka shahrida jangovar harakatlar olib borilmoqda.