TOShKENT, 26-iyul — Sputnik. Jo‘rabek Murodov hofiz Komiljon Otaniyozov tavalludining yuz yilligi tantanalarida ishtirok etdi
SSSR xalq artisti, Tojikistonda xizmat ko‘rsatgan artist Jo‘rabek Murodov Sputnik Tojikiston muxbiri bilan suhbatda O‘zbekistonga safari taassurotlari haqida so‘zlab berdi.
"O‘zbekistonda Komiljon Otaniyozov tavalludining 100-yilligi nishonlandi. Biz o‘zbek xalqini ushbu muborak kunda tojik xalqi nomidan tabriklash uchun O‘zbekistonga bordik", — dedi u.
Jo‘rabek Murodov ushbu safardan faqat ijobiy taassurot qolganini aytdi.
"Bizni O‘zbekistonda juda yaxshi kutib olishdi. Uch kun davomida turli shaharlarda bo‘ldik, xuddi ertaklardagidek bo‘ldi. Bir nechta tadbirlarda chiqishlar qildik. Xiva shahridagi konsertga bir necha ming kishi keldi. O‘zbekiston prezidentining maslahatchisi meni sahnaga taklif qildi, men tabrik so‘zimni aytdim va bir nechta qo‘shiq ijro etdim", — dedi xonanda.