TOShKENT, 26-iyul — Sputnik. Kiyevning Pecher tuman sudi Ukraina prezidenti Potr Poroshenkoga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilishini talab qilmoqda, deb yozdi mamlakat bosh prokurorining sobiq o‘rinbosari Renat Kuzmin Facebookdagi sahifasida.
Sud Ukraina xavfsizlik xizmati mamlakat rahbariga nisbatan davlatga xiyonat ayblovi bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atishi lozimligi to‘g‘risida hukm chiqardi.
Sobiq prokurorning yozishicha, Ukrainaning hozirgi prezidenti 2013-2017 yillarda Lipeskdagi o‘ziga qarashli Roshen qandolat fabrikasi orqali "Ukraina qurolli kuchlari bosh qo‘mondoni sifatida o‘zi qarshi kurashayotgan" Rossiya armiyasiga homiylik qilgan.
Kuzminning so‘zlariga ko‘ra, o‘shanda maxsus xizmat Roshen fabrikasining Rossiyada faoliyat yuritishi Ukraina tomonidan taqiqlanmaganligi sababli tergov ishlari o‘tkazmagan. Ilgariroq "Batkivshina" partiyasi parlament fraksiyasi rahbari Yuliya Timoshenko Poroshenkoni "urush orqali pul ishlash"da ayblab chiqqandi.