"Obod" klubiga ukrainaliklar homiylik qiladigan bo‘ldi

© PixabayFutbolniy mach
Futbolniy mach - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
"Obod" ikkinchi davradagi ishtirokini davom ettiradi

TOShKENT, 26-iyul — Sputnik. Toshkentning "Obod" klubi atrofidagi turli gap-so‘zlarga nuqta qo‘yildi va jamoa ikkinchi davrada ham oliy ligada o‘ynaydigan bo‘ldi, deb yozmoqda championat.asia sayti.

Klub rahbariyatida ishlab kelayotgan kishilardan birining saytga ma’lum qilishicha, "Obod" yangi homiyga ega bo‘ldi.

Futbolniy mach - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistondagi xususiy futbol klubi yopilmoqda

Uning aytishicha, jamoaga Ukrainadan homiylar keldi, bundan buyon ular jamoani pul bilan ta’minlashadi va "Obod" ikkinchi davradagi ishtirokini davom ettiradi.

Lekin suhbatdosh yangi homiylar to‘g‘risida va ular nima ish bilan shug‘ullanishi haqida ma’lumot bermagan. Faqat, ikkinchi davrada jamoani yangi murabbiy boshqarishini va u ham ukrainalik ekanligini aytgan.

Saytning ma’lum qilishicha, "Obod"ni ikkinchi davrada boshqaradigan yangi murabbiy Andrey Anatolyevich Demchenko bo‘lib, Rossiya va Ukraina fuqaroligiga ega sobiq futbolchi 1976-yilda tug‘ilgan. Futbolchilik faoliyati davomida SSKA, "Ayaks", "Metallurg" (Zaporojye), "Ilichoves", "Obolon", "Dachiya", "Gelios" kabi klublarda to‘p tepgan.

2011 yil murabbiylik sohasida ish boshlagan Demchenko dastlab Zaporojyening "Imeks" klubini boshqargan. 2012-yilda o‘zi o‘ynagan "Metallurg"ga murabbiylik qilgan. 2013-2015 yillarda esa "Metallurg"ning o‘rinbosarlar jamoasini boshqargan.

Oliy liga ikkinchi davra taqvimiga ko‘ra "Obod" 16-tur uchrashuvini 5-avgust kuni o‘z maydonida "Navbahor"ga qarshi o‘tkazadi.

Ilgariroq "Obod" futbol klubi yopilishi haqida xabar tarqalgan edi.

Yangiliklar lentasi
0