Mirziyoyev sentabrda BMT Bosh Assambleyasida chiqish qiladi

© Press-slujba prezidenta RUzPrezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev
Prezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
19-25 sentabr kunlari bo‘lib o‘tadigan BMT Bosh Assambleyasining 72-sessiyasi doirasida O‘zbekiston rahbarining ilk chiqishi rejalashtirilgan

TOShKENT, 26-iyul — Sputnik. Shavkat Mirziyoyev sentabr oyida BMT Bosh Assambleyasining 72-sessiyasida chiqish qiladi. Bu haqda BMT shtab-kvartirasi tarqatgan tadbir dasturida aytilgan.

O‘zbekistonlik uch talaba BMT Bosh Assambleyasida so‘zga chiqdi

Bu AQSh prezidenti Donald Tramp kabi O‘zbekiston yetakchisi uchun ham BMTdagi ilk chiqish bo‘ladi. BMT Bosh Assambleyasining 72-sessiyasi 19-25 sentabr kunlari bo‘lib o‘tadi.

19 sentabr kuni BMT bosh kotibi Antoniu Guterrish va sessiya raisi Miroslav Laychakning chiqishlari orqali munozaralarga start beriladi.

Shu kuni assambleya minbariga Rossiya TIV rahbari Sergey Lavrov ham chiqadi. Armaniston, Afg‘oniston, Braziliya, Isroil, Polsha va Fransiya rahbarlari ham chiqish qilishlari rejalashtirilgan.

Bosh Assambleyaning so‘nggi kunida KXDR va Suriya tashqi ishlar vazirlari chiqishlari kutilmoqda.

Yangiliklar lentasi
0