TOShKENT, 26-iyul — Sputnik. Ertaga Ertaga Uzcard to‘lov tizimi ishida 2 soatlik uzilishlar kuzatilishi mumkin. Bu haqda Yagona Umumrespublika Protsessing Markazi ma’lum qildi.
"Profilaktika ishlari olib borilishi munosabati bilan 27-iyul kuni soat 01:30 dan 03:30 gacha POS va E-POS terminallari protsessing markazi bilan vaqtinchalik ulana olmasligi mumkin", deyiladi Markaz xabarida.
Markaz ma’muriyati vaqtinchalik noqulayliklar uchun uzr so‘ragan.