Rossiyada qamoqxonalarda o‘tirgan mahbuslar soni bo‘yicha O‘zbekiston ikkinchi o‘rinda

© Sputnik / Mediabankka o‘tishJinoyatchilar
Jinoyatchilar - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Rossiyada qamoqda o‘tirgan mahbuslar soni bo‘yicha O‘zbekiston (MDH bo‘yicha) fuqarolari ikkinchi o‘rinni egallashdi

TOShKENT, 25-iyul — Sputnik. Rossiyadagi qamoqxonalarda o‘tirgan mahbuslar soni bo‘yicha O‘zbekiston ikkinchi o‘rinda.

Samarqand viloyati - Sputnik O‘zbekiston
Samarqand viloyatida jinoyatning og‘ir turlari keskin oshib ketdi
Ayni vaqtda Rossiya qamoqxonalarida 29 397 nafar chet el fuqarolari jazo muddatini o‘tashmoqda. Ularning 90%i og‘ir yoxud o‘ta og‘ir jinoyatlarni sodir etganliklari tufayli qamoqda o‘tirishibdi.

MDH davlatlari orasida Rossiyada qamoqda o‘tirgan mahbuslar soni bo‘yicha birinchilikni Tojikiston egallagan.  2017-yilning birinchi olti oyi bo‘yicha taqdim etilgan ma’lumotlarga ko‘ra, Rossiya turmalarida 8002 nafar tojikistonlik jazoni o‘tamoqda.

O‘zbekiston fuqarolari ikkinchi o‘rinda — 6362 kishi. Uchinchi o‘rinni ukrainaliklar (4761 kishi) va undan keyingi o‘rinni ozarbayjonliklar (2350 kishi) egallagan.

Rossiyadagi o‘zbeklarning "Vatandosh" jamiyati prezidenti Usmon Baratovning so‘zlariga ko‘ra, O‘zbekiston fuqarolari Rossiyada juda ko‘p hollarda jinoyat sodir etadilar. Ammo ularning aksariyati tuhmat qurboniga aylangan bo‘lishi ham mumkin.

Uzbekskie militsioneri - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda 4 oy ichida jinoyatlar soni 7,3 foizga kamaydi

"Ularning ayrimlarining bo‘yniga jinoyat shunchaki ilingan, — deb aytgan Baratov RT kanaliga bergan intervyusida. — Men hozir Istraga ketapman, u yerda yaqinda go‘yoki qari kampirni zo‘rlamoqchi bo‘lganliklari uchun besh nafar o‘zbekistonlikni qamashdi. Kampirning yoshi 62da, uysiz, ko‘chada yashar ekan. U yigitlardan aroqqa pul so‘ragan, ular bermagach "meni zo‘rlashdi deb ariza yozaman", deya tahdid qilgan".

Yangiliklar lentasi
0