TOShKENT, 25-iyul — Sputnik. 19 sentabr kuni, ICTEXPO 2017 ko‘rgazmasi ochilishida "O‘zekspomarkaz" milliy ko‘rgazma majmuasi uzra osmonga havo shari ko‘tariladi. Bu haqda O‘zbekiston aeronavtika federatsiyasi matbuot xizmati xabar bermoqda.
Havo shari sinovi avgustda Chorvoq suv ombori hududida o‘tkaziladi. Uni alpinist va sayohatchi Samad Hoshimov boshqaradi. U hozirda Rossiyada havoda parvoz qiluvchi qurilmalar uchuvchilari kursida tahsil olmoqda. Keyinchalik Hoshimov bo‘lajak o‘zbek uchuvchilariga saboq beradi.
Yangi havo sharining o‘lchami 5 qavatli uy bilan teng bo‘lib, uning savatiga 4 yo‘lovchi va uchuvchi joylashadi.
Kelgusida unda Chimon tog‘larida parvoz qilish mumkin bo‘ladi.