TOShKENT, 24-iyul — Sputnik. Bugun O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 60 yosh yubileyini nishonlamoqda. Ushbu munosabat bilan dunyoning turli burchaklaridan O‘zbekiston prezidenti nomiga tabriklar kelib tushmoqda.
Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyev ham Shavkat Mirziyoyevga qo‘ng‘iroq qildi. Telefon suhbati chog‘ida Nazarboyev Mirziyoyevga mustahkam sog‘liq, baxt-saodat hamda oliy davlat mansabida muvaffaqiyatlar tiladi. Shuningdek suhbat davomida ikki davlat orasidagi munosabatlarning yuqori darajasini saqlab qolish va davom ettirishga kelishib olishdi.
Rossiya bosh vaziri Dmitriy Medvedev bo‘lib o‘tgan telefon suhbati chog‘ida Shavkat Mirziyoyevni tug‘ilgan kuni bilan tabrikladi. Suhbat chog‘ida shuningdek Rossiya va O‘zbekistonning savdo iqtisodiy munosabatlari haqida ham so‘z yuritildi.
Eslatib o‘tamiz, biroz oldin shavkat Miromonovchini Rossiya prezidenti Vladimir Putin va Qirg‘iziston prezidenti Atambayevlar tabriklashgan edi.