TOShKENT, 24-iyul — Sputnik. Rossiya prezidenti Vladimir Putin telefon muloqoti davomida O‘zbekiston rahbari Shavkat Mirziyoyevni 60-yillik yubileyi bilan muborakbod etdi. Tomonlar ikkiyoqlama hamkorlik masalalarini muhokama etdilar, deb xabar qildi Kreml ma’muriyatidagi manba.
Kreml saytida shuningdek, Rossiya prezidentining tabrik telegrammasi e’lon qilingan bo‘lib, unda Vladimir Putin Shavkat Mirziyoyev o‘z yurtdoshlari hamda xorijda o‘ta yuqori nufuzga ega ekanligini alohida ta’kidlab o‘tgan.
"Sizning mamlakatlarimiz o‘rtasida strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini rivojlantirishga qaratilgan prinsipial yo‘nalishingizni Rossiyada juda qadrlashadi", — deyilgan telegrammada.
Vladimir Putin shuningdek, qardosh xalqlar farovonligi yo‘lida hamda regional xavfsizlikni ta’minlash maqsadida o‘zaro manfaatli Rossiya-O‘zbekiston munosabatlari yanada rivojlanib boraverishiga umid bildirgan.