Qizil Maydonda boks rekordi o‘rnatildi

Obuna bo‘lish
Kecha Moskvada Xalqaro boks kunini nishonlash tadbiri doirasida, yangi rekord qayd etildi. Qizil Maydonda 3 ming kishi ishtirokida bo‘lib o‘tgan boks mashg‘uloti Ginnesning rekordlar kitobiga - "Eng ommaviy boks mashg‘uloti" sifatida qayd etildi.

Uch migdan ortiq ishtirokchi 31 daqiqa davomida boks zarbalari, himoyalanish va bloklarini mashq qilishdi. Ushbu mashg‘ulot eng ommaviy boks mashg‘uloti deb tan olinib, Ginnesning rekordlar kitobiga kiritildi.

Boks mashg‘ulotini Olimpiada chempionlari Boris Lagutin, Aleksey Tishenko va Sofya Ochigavalar olib orishdi. Rekord natijasini qayd  qilish qoidalariga amal qilishni bokschilar Nikolay Valuyev va Natalya Ragozinalar kuzatib borishdi.

Bayram tadbiri doirasida dunyoning bir necha mamlakatlaridan kelgan bokschilar ringga chiqdi. Jumladan o‘zbekistonlik Sherzodbek Olimjonov va rossiyalik Rajab Butayev bilan bellashdi.

Yangiliklar lentasi
0