TOShKENT, 23-iyul — Sputnik. Kecha Moskvadagi Qizil Maydonda eng ommaviy boks mashg‘uloti bo‘lib o‘tdi, deb xabar qilmoqda Sputnik muxbiri.
Uch ming kishidan ortiq ishtirokchi 31 daqiqa davomida boks zarbalari, himoyalanish va bloklarini mashq qilishdi. Ushbu mashg‘ulot eng ommaviy boks mashg‘uloti deb tan olinib, Ginnesning rekordlar kitobiga kiritildi.
Boks mashg‘ulotini olimpiada chempionlari Boris Lagutin, Aleksey Tishenko va Sofya Ochigavalar olib orishdi. Rekord natijasini qayd qilish qoidalariga amal qilishni bokschilar Nikolay Valuyev va Natalya Ragozinalar kuzatib borishdi.
Havaskorlar xalqaro boks assotsiatsiyasi prezidenti (AIBA) Ching-Kuo Vu, bayramda ishtirok etar ekan, 22-iyul xalqaro boks kuni sifatida bayram qilinishini hamda 2019-yilda Rossiyada jahon chempionati o‘tkazilishiga barcha imkoniyatlar borligini qayd etdi.
Shuningdek, bayram tadbiri doirasida Qizil maydonda dunyoning bir necha mamlakatlaridan kelgan bokschilari ishtirokida janglar bo‘lib o‘tdi. Ular orasida o‘zbekistonlik bokschi Sherzodbeka Olimjonov va rossiyalik Rajab Butayevning uchrashuvi ham o‘tkazildi.