Afg‘onistonda “Tolibon” rahbarining o‘g‘li o‘zini-o‘zi portlatib yubordi

© WAKIL KOHSAR / AFPVzriv v torgovom sentre v Kabule (Afganistan)
Vzriv v torgovom sentre v Kabule (Afganistan) - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Xudkush terrorchi portlovchi moddalar bilan to‘ldirilgan avtomobilda afg‘on askarlari bo‘lgan binoga kelib urilgan.

TOShKENT, 23-iyul – Sputnik. Afg‘onistonda “Tolibon” terrorchilik harakati rahbari Mulla Xaybatulla Axunzodaning 23 yoshli o‘g‘li Hafiz Halid (asli ismi Abdur Rahmon) o‘zini portlatib yubordi, deb xabar qilmoqda Reuters agentligi.

Manbaa xabariga ko‘ra, Gilmend viloyatining Lashkargoh sharidagi Gereshk aholi punkti yaqinida "Tolibon" va hukumat qo‘shnlari orasida shiddatli janglar bo‘lib o‘tgan. Abdur Rahmon portlovchi moddalar bilan to‘ldirilgan avtomobilda Afg‘oniston askarlari bo‘lgan binoga kelib urilgan.

Eslatib o‘tamiz, Xaybatulla Axunzoda 2016-yilning may oyida “Tolibon”ning sobiq rahbari Axtar Mansur Pokiston chegarasida AQSh uchuvchisiz apparati zarbasi oqibatida yo‘q qilinganidan keyin rahbariyat boshiga kelgan edi.

Yangiliklar lentasi
0