TOShKENT, 22-iyul — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 21-iyul kuni Toshkent viloyatiga tashrifi chog‘ida IIB, prokuratura organlari va hokimlikning bir qator vakillarini ishdan bo‘shatgani haqida xabar bergan edik.
Uz24.uzning "Axborot" informatsion dasturiga tayanib xabar berishicha, Ohangaron va Angren shahar hokimlari, viloyat markaziy banki rahbari, hududdagi sog‘liqni saqlash, soliq, ichki ishlar va prokuratura tizimdagi bir qator rahbar va xodimlar o‘z vazifasidan ozod etildi. Bunga ularning o‘z vazifasiga mas’uliyatsizligi va ishga sovuqqonlik bilan qarashi sabab bo‘lgan.