TOShKENT, 22-iyul — Sputnik. Penzadagi axloq tuzatish koloniyasidan qochib ketgan o‘zbekistonlik Shavkat Ne’matov qo‘lga olindi, deb xabar berdi Rossiya IIV vakili Irina Volk RIA Novostiga.
Ilgariroq viloyat jazoni ijro etish federal boshqarmasi qotillik va talonchilik uchun jazo o‘tayotgan 27 yoshli Ne’matov Penzadagi 4-axloq tuzatish koloniyasidan qochib ketgani haqida xabar bergandi.
Volkning ma’lum qilishicha, Ne’matov tezkor operativ-qidiruv tadbiri davomida qo‘lga olingan.
"Razan viloyati IIB jinoyat qidiruv boshqarmasi va Razan viloyati jazoni ijro etish federal boshqarmasi xodimlari hamkorlikda o‘tkazgan tadbir chog‘ida qochoq qo‘lga olindi", — dedi Rossiya IIV vakili Irina Volk.
Penza viloyati jazoni ijro etish federal boshqarmasining ma’lumot berishicha, Ne’matov qochib ketganidan bir necha soat o‘tib Razan viloyatida, taksida Moskvaga yo‘l olgan vaqtida qo‘lga olingan.
Viloyat prokuraturasining aniqlik kiritishicha, Ne’matov qotillik va talonchilik jinoyatlari uchun 13-yilga qat’iy tartibdagi koloniyada jazo o‘tashga mahkum qilingan.