Mirziyoyev Toshkent viloyatidagi qator amaldorlarni ishdan bo‘shatdi

© Spuntik / Vladimir FedorenkoPustoe kreslo
Pustoe kreslo - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Viloyatdagi tumanlar hokimlari, prokuratura va IIB rahbarlari o‘z lavozimidan ozod etildi

TOShKENT, 22-iyul — Sputnik. Shavkat Mirziyoyev Toshkent viloyatiga safari vaqtida huquq tartibot organlari va hokimiyatdagi bir qator amaldorlarni ishdan bo‘shatdi. Bu haqda Podrobno.uz xabar bermoqda.

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev - Sputnik O‘zbekiston
Prezident amaldorlarni yana bir bor qattiq tanqid qildi - iste’folar kutilmoqda

Xabarda aytilishicha, To‘ytepa shahrida joylashgan Toshkent viloyati hokimligi binosida Shavkat Mirziyoyev raisligida viloyat faollari bilan yig‘ilish o‘tkazildi. Yig‘ilishda davlat rahbari tumanlarda kommunal sohalardagi muammolar to‘planib qolganiga e’tibor qaratdi.

Yig‘ilish yakuniga ko‘ra, viloyatdagi tumanlar hokimlari, prokuratura va IIB rahbarlari o‘z lavozimidan ozod etildi. Amaldorlar beparvoligi, mas’uliyatsizligi va ishga sovuqqonlik bilan qarashi sababli ishdan bo‘shatildi.

Mirziyoyev yig‘ilishda ishtirok etgan amaldorlarga viloyatda yuzaga kelgan vaziyatni zudlik bilan izga solishni hamda aholi bilan ishlashda yangicha uslublarni joriy etishni topshirdi.

Yangiliklar lentasi
0