O‘zbekistonda shakarning davlat narxi oshdi

Obuna bo‘lish
Moliya vazirligining ma’lumotiga ko‘ra, bugungi kunda O‘zbekistonda 8 turdagi mahsulot narxlari davlat tomonidan boshqariladi

TOShKENT, 21-iyul — Sputnik.  Moliya vazirligi e’lon qilgan tartibga solinuvchi davlat narxlari ro‘yxatiga ko‘ra, 2017-yil 1-iyuldan bir tonna shakar xom ashyosining narxi 4 114 200 so‘m etib belgilandi. Bu haqda nuz.uz xabar bermoqda.

Vazirlikning ma’lumotiga ko‘ra, bugungi kunda O‘zbekistonda 8 turdagi mahsulot narxlari davlat tomonidan boshqariladi. Bularga etil va texnik spirt, shakar, paxta xom ashyosi va tolasi, paxta moyi, don, bug‘doy uni va bug‘doy noni kiradi.

Shakar - Sputnik O‘zbekiston
Dollar aybdor: O‘zbekistonda shakar qimmatlashdi

Xabarda aytilishicha, 2017-yil 1-iyul holatiga ko‘ra, Andijon biokimyo zavodida ishlab chiqarilgan iste’mol etil spirtining ming dekalitri 61,3 mln so‘m, Yangiyo‘l "Biokimyo" AJ tomonidan ishlab chiqarilgan ming dekalitr etil spirti narxi 59,3 mln so‘m etib belgilangan.

Bir tonna paxta xom ashyosining davlat narxi (QQSsiz) 1,2 mln so‘mdan ortiqroq, paxta tolasiniki esa 4,1 mln so‘m. Davlat tomonidan paxta moyining bir tonnasiga nisbatan o‘rnatilgan narx 3,7 mln so‘mga, bir tonna o‘simlik moyi esa 3,3 mln so‘mga teng.

Hujjatga asosan, bir tonna kunjara narxi 919 ming so‘m, sheluxa — 483,8 ming so‘m etib belgilangan.

Moliya vazirligining ma’lumot berishicha, O‘zbekistonda oliy, birinchi va ikkinchi nav unlarning narxi 2014-yildan buyon oshgani yo‘q. Ularning narxi mos ravishda 1475, 1050, 975 so‘mni tashkil etadi.

Yangiliklar lentasi
0