TOShKENT, 21-iyul — Sputnik. Yekaterinburgga O‘zbekistondan 5 nafar Qorabayir zotli tulporlar keltirildi, deb xabar qilmoqda Oblgazeta.
Xabarga ko‘ra, O‘zbekiston tulporlari Rossiya Federatsiyasining birinchi prezidenti Boris Yelsin Kubogi va Sverdlovsk viloyati Kubogi uchun musobaqalarda qatnashadi. Otlarning barchasi bojxona tekshiruvidan o‘tkazilgan.
"Shu haftada yana yettita ot keltirilishi kutilmoqda", — deb qo‘shimcha qilingan xabarda.
Ot sporti bo‘yicha xalqaro va milliy musobaqalar Yekaterinburgda iyul oyining so‘nggi dam olish kunlarida o‘tkaziladi.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston prezidentining 15-iyunda O‘zbekistonda yilqichilik va ot sportini rivojlantirish bo‘yicha qator muhim ishlarni amalga oshirishga qaratilgan qarorni imzolagan va ushbu maqsadda Qashqadaryo viloyatida, "O‘zbekneftegaz" milliy kompaniyasi yordamida Qorabayir zotli otlarini yetishtirish va seleksiya qilish majmuasi yaratilishi haqida xabar qilgan edik.