Uzmobile 1,5 yilda butun Uzbekiston hududini LTE tarmog‘i bilan qoplaydi

© SputnikMashina mobilnoy laboratorii operatora svazi Uzmobile
Mashina mobilnoy laboratorii operatora svazi Uzmobile - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
2018 yil oxiriga qadar Uzmobile butun Uzbekiston hududini 4G LTE tarmog‘i bilan qoplab oladi.

TOShKENT, 20-iyul — Sputnik. Kompaniya rahbariyati xabariga ko‘ra, ushbu loyihani amalga oshirish uchun Uzmobileda barcha kerakli asbob-uskunalar bor.

Uzmobile kelasi yilning oxiriga qadar O‘zbekistonning barcha hududlarini 4G LTE — to‘rtinchi avlod uyali aloqa tarmog‘i bilan  qoplab oladi, xeb xabar qilmoqda Sputnik Uzbekiston muxbiri kompanya direktori Vladimir Kravchenkoning so‘zlariga asosan.

Kompaniya rahbari aytishiga qaraganda, buning uchun milliy uyali aloqa operatori O‘zbekistonda 11 ming dona baza stansiyalari o‘rnatishga qaror qilgan. Bugungi kunda O‘zbekistonda hech qaysi uyali aloqa operatori bunday keng LTE tarmog‘iga ega emas. Kompaniyaning CDMA aloqa tarmog‘i ham respublikada eng yirik tarmoqlardan biri hisoblanadi.

Mobilnie operatori Megafon i Bilayn - Sputnik O‘zbekiston
Uzmobile birinchi bo‘lib o‘z mijozlarini "mobil tobelik"dan ozod qiladi

"Hamkasabalarimiz Toshkentda bizdan oldin LTE aloqa tarmog‘ini o‘rnatishni boshlagan bo‘lsada, biz ulardan allaqachon o‘zib ketdik. Biz klaster texnologiyasi bilan jihozlangan, eng zamonaviy aloqa uskunalari buyurtma berishga ulgurdik.  Masalan, 4G aloqa tizimi eskirib qolgan taqdirda, uning klasterini olib yangi texnologiya klasteri bilan almashtiramiz, xolos. Ular 10-15 yil amalga oshirgan ishni biz — 2-3 yilda bajaramiz", — dedi kompaniya rahbari.

Shuningdek, Kravchenko kompaniyaga bir qator imtiyozlar berilganligi haqida to‘xtalib o‘tdi.

"Biz yangi kompaniya bo‘lganimiz va tezda rivojlanib abonentlar jamlashimiz  kerak bo‘lgani uchun bizni bir qator ruxsatnoma olish jarayonlaridan ozod qilishgan edi. Hozir bizning o‘zimiz tijorat kompaniyasiga aylandik va baza stansiyalari ko‘proq bo‘lishiga o‘zimiz manfaatdormiz. BIz ularni ishla tushirish uchun ruxsat olishga kerak bo‘ladigan hujjatlar jamlashimiz talab qilinmaydi",- dedi kompaniya rahbari.

Eslatib o‘tamio‘, Uzmobile aloqa operatori 2015-yilning 15-aprelidan Toshkentda GSM tarmog‘ini ishga tushirgan edi. Shundan so‘z Uzbekistonning barcha viloyat markazlarida ham GSM ishlay boshladi.

Yangiliklar lentasi
0