TOShKENT, 20-iyul — Sputnik. Toshkent shahrida 21 yoshli yigit va 20 yoshli qiz o‘g‘irlikka tushdi, deb xabar qildi O‘zbekiston IIV matbuot-xizmati.
Xabarda aytilishicha, Toshkent shahrining Mirobod tumanida noma’lum shaxs 1984-yilda tug‘ilgan B.Sning uyiga kirib, yotoqxonasidagi shkaf ichidan umumiy qiymati 8 million 250 ming so‘mlik 5 turdagi tillo taqinchoqlarini o‘g‘irlab ketgan.
IIBning xabariga ko‘ra, ushbu jinoyatni 21 yoshli yigit va 20 yoshli qiz sodir etganligi aniqlangan.
"Jinoyatchilar Farg‘ona tumanida yashovchi F.Yu va Sirdaryo tumanida yashovchi Z.T lar ekanligi aniqlanib, ushlandi", — deyilgan xabarda.
Mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.