O‘zbekiston bayrog‘i Rossiya va Yevropaning eng baland nuqtasida hilpiradi

© uznews.uzTurist iz Uzbekistana na gore Elbrus
Turist iz Uzbekistana na gore Elbrus - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekistonlik ekspeditsiyachilar bunga qadar Everest, Kala Patxar tog‘i, Himolaydagi Lobuche dovoni, Tukla dovonini zabt etishgan

TOShKENT, 20-iyul — Sputnik. 18 iyul kuni o‘zbekistonlik turistlar guruhi Rossiya va Yevropaning eng baland nuqtasi – Elbrus tog‘iga chiqishdi. Bu haqda UzNews.uz xabar bermoqda.

O‘zbekistonda tog‘ turizmi rivojlantiriladi

Ular 8 kunlik yo‘l bosishdan so‘ng bu nuqtani zabt etishdi va O‘zbekiston bayrog‘ini ko‘tarishdi.

"Ta’zim ila Vatanim bayrog‘ini o‘paman… Bayrog‘imizni baland ko‘tarish har qanday qiyinchiliklardan yuqori turadi va bu ekspeditsiyamizning yagona maqsadi. O‘zbekistonimiz hamisha yuksak cho‘qqilarda bo‘ladi" – dedi ekspeditsiya rahbari "Sirli O‘zbekiston" jamiyati asoschisi Sharof Egamberdiyev.

O‘zbekistonlik ekspeditsiyachilar bunga qadar Everest (5385 m.), Kala Patxar tog‘i (5550 m.), Himolaydagi Lobuche dovoni (4930 m.), Tukla dovonini (4830 m.) zabt etishgan. Va nihoyat, Rossiya va Yevropaning eng baland nuqtasi Elbrus stratovulqoni (5642 m.) ham zabt etildi.

Yangiliklar lentasi
0