Samarqandda patrul-post inspektorini mashina urib ketdi

© AP Photo / Anvar IlyasovUzbekskiy militsioner
Uzbekskiy militsioner - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Katta tezlikda kelayotgan "Neksiya" kichik serjant Sherzod Mustafoyevning talabiga bo‘ysunmagan va uni urib ketgan

TOShKENT, 19-iyul — Sputnik. Samarqand shahridagi Go‘ro‘g‘li ko‘chasidagi postda navbatchilik qilayotgan patrul-post xizmati inspektorini mashina urib ketdi. Bu haqda "Samarkandskiy vestnik" gazetasi ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida xabar bermoqda.

Xabarda aytilishicha, katta tezlikda kelayotgan "Neksiya" kichik serjant Sherzod Mustafoyevning talabiga bo‘ysunmagan va uni urib ketgan.

Jarohatlangan inspektor kasalxonaga yotqizilgan.

"Neksiya" haydovchisi S.K. qo‘lga olingan. Hozirda tergov ishlari olib borilmoqda.

Yangiliklar lentasi
0