Argentinada g‘ayrioddiy sovuqdan 7 kishi qurbon bo‘ldi

© Lili SurSneg v Argentine
Sneg v Argentine - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
San-Karlos-de-Bariloche shahrida tarixda birinchi marta misli ko‘rilmagan - 25,4 daraja sovuq qayd etildi.

TOShKENT, 19-iyul — Sputnik. Janubiy Amerikada joylashgan Argentinaning katta qismiga, yozning qoq o‘rtasida kutilmaganda sovuq tushdi, deb xabar qilmoqda mahalliy OAVlar.

Nashr xabariga ko‘ra, seshanba kuni Neuken va Misones viloyatlarida 2 kishi sovuqdan halok bo‘lgan, yana besh kishi sovuq havo natijasida yuzaga kelgan turli holatlardan qurbon bo‘lishgan. Ularning aksariyati istish pechlaridan noto‘g‘ri foydalanish oqibatida zaharli gazlardan halok bo‘lgan.

O‘tgan haftada Argentinaga kuchli sovuq havo keldi. San-Karlos-de-Bariloche shahrida tarixda birinchi marta misli ko‘rilmagan — 25,4 daraja sovuq havo qayd etildi.

Yangiliklar lentasi
0