Doneskda yangi davlat - Malorossiya e’lon qilindi

© Sputnik / Sergey Averin / Mediabankka o‘tishOtvod kolonni tajeloy voyennoy texniki DNR iz Doneskoy oblasti
Otvod kolonni tajeloy voyennoy texniki DNR iz Doneskoy oblasti - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Malorossiya Donbassda fuqaro urushini to‘xtatish va Ukraina bilan mojaroga barham berish uchun imkon yaratadi.

TOShKENT, 18-iyul — Sputnik. Donesk Xalq Respublikasi rahbari Aleksandr Zaxarchenko Ukrainada o‘tish davri mobaynida yangi davlat — Malorossiya tashkil qilinganini e’lon qildi, RIA Novosti xabariga asosan.

Biroz oldin Zaxarchenko Ukraina boshi berk ko‘chaga kirib qolganini va bundan yagona yo‘l — yangi davlat tashkil qilish degan edi.

"Vaziyat boshi berk ko‘chaga kirib qoldi. Biz mamlakatni qayta qo‘shilish rejasini taklif qilmoqdamiz. Ukraina o‘zini mustaqil davlat sifatida oqlamadi. Kiyev hukumatining fuqaro urushini to‘xtatishga qurbi yetmadi. Fuqaro urushini to‘xtatish maqsadida… uch yillik o‘tish davri mobaynida, biz yangi mustaqil davlat — Malorossiyani tashkil qilishni taklif qilamiz", — dedi Zaxarchenko.

Dones rahbarining fikriga o‘kra, yangi davlat tashkilil qilinishi, Donbass mojarosini va fuqaro urushini to‘xtatib qolishi mumkin. Faqat buning uchun xalqaro hamjamiyat va aholi uni qo‘llab-quvvatlashi kerak bo‘ladi.

Yangi davlatning boshqaruv tizimi turi tashkiliy qo‘mitaning keyingi majlisida hal qilinadi. Konstitutsiyasi esa — tayyor bo‘lganidan keyin umumxalq referendumiga chiqariladi. 

"Mamlakatdagi og‘ir iqtisodiy vaziyatni hisobga olgan holda, mutlaq betartiblik va "barchaning barchaga qarshi" urushi ehtimoli bor vaqtda, uch yilgacha bo‘lgan muddat davomida mamlakatda "favqulodda vaziyat" holati joriy etish maqsadga muvofiq bo‘lar edi", — dedi Zaxarchenko.

Eslatib o‘tamiz, 2014-yilga Ukrainada sodir bo‘lgan hukumat almashuvidan keyin, Donesk va Lugansk viloyatlari Ukrainaning yangi hukumatning qonuniy ekanligiga shubha bildirishdi va  o‘z hududida suverenitet e’lon qilishgan edi.

Kiyev DXR va LXRlarini okkupatsiya qilingan hududlar deb hisoblaydi va 2014-yilning aprel oyidan boshlab ularga qarshi harbiy operatsiya boshlagan. BMT ma’lumotiga ko‘ra ushbu urushda 10 mingga yaqin kishi qurbon bo‘lgan.

Yangiliklar lentasi
0