FVV: Rossiyada vafot etgan 7 fuqaro jasadi Yangiariq tumanidagi yaqinlariga topshirildi

Obuna bo‘lish
"Urganch" aeroportidan mahalliy boshqaruv organlari Xorazm viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xodimlari bilan birgalikda vafot etganlarni dafn etish uchun Yangiariq tumanidagi yaqinlariga topshirdilar", - deb xabar qilgan Favqulodda vaziyatlar vazirligi

TOShKENT, 18-iyul — Sputnik. O‘zbekiston TIV matbuot-xizmati Kolpino shahrida yuz bergan yong‘in oqibatida halok bo‘lgan 7 nafar O‘zbekiston fuqarolarining jasadlari Sankt-Peterburg hokimiyati idoralari hamda "O‘zbekiston havo yo‘llari" Milliy aviakompaniyasi ko‘magida Urganch shahriga olib kelingani haqida xabar bergan edi.

Airbus A320 - Sputnik O‘zbekiston
Rossiyada yong‘inda halok bo‘lgan O‘zbekiston fuqarolarining jasadlari Urganchga olib kelindi
O‘zbekiston FVV matbuot-xizmati jasadlar yaqinlariga topshirilganini ma’lum qildi.

"2017 yilning 17-iyul kuni Kolpino shahridagi yong‘in oqibatida vafot etgan 7 nafar vatandoshlarimiz O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi, "O‘zbekiston havo yo‘llari" milliy aviakompaniyasi va Sankt-Peterburg shahri ma’muriyati ko‘magida Urganch shahriga olib kelindi.

"Urganch" aeroportidan mahalliy boshqaruv organlari Xorazm viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xodimlari bilan birgalikda vafot etganlarni dafn etish uchun Yangiariq tumanidagi yaqinlariga topshirdilar", — deyilgan FVV xabarida.

Yangiliklar lentasi
0