Samarqandda yo‘l nazoratchilariga Honda motosikllari topshirildi

© Sputnik / Yevgeniy OdinokovMotosikl
Motosikl - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
So‘nggi yillarda Samarqand shahrida avtotransport vositalari ancha ko‘paygani sabab ba’zi ko‘chalar va chorrahalarda tirbandliklar yuzaga kelmoqda. Bu esa o‘z navbatida maxsus operatsiyani bajarayotgan xizmat avtomashinalarining harakatlanishiga ma’lum qiyinchiliklar tug‘dirmoqda

TOShKENT, 17-iyul — Sputnik. Samarqandda yo‘l nazoratchilariga Honda motosikllari topshirildi, deb xabar berdi Samarqand viloyati hokimligi matbuot-xizmati.

© samarkand.uzV Samarkande inspektoram dorojnoy bezopasnosti vruchili motosikli Xonda
V Samarkande inspektoram dorojnoy bezopasnosti vruchili motosikli Xonda - Sputnik O‘zbekiston
V Samarkande inspektoram dorojnoy bezopasnosti vruchili motosikli Xonda

So‘nggi yillarda Samarqand shahrida avtotransport vositalari ancha ko‘paygani sabab ba’zi ko‘chalar va chorrahalarda tirbandliklar yuzaga kelmoqda. Bu esa o‘z navbatida maxsus operatsiyani bajarayotgan xizmat avtomashinalarining harakatlanishiga ma’lum qiyinchiliklar tug‘dirmoqda.

Ushbu muammolarni inobatga olgan O‘zbekiston Ichki ishlar vazirligi Samarqand shahri yo‘l-patrul xizmati xodimlariga Yaponiyada ishlab chiqarilgan va maxsus jihozlangan motosikllarni taqdim etdi.

Samarqand viloyati IIB boshlig‘i polkovnik Fayzulla Quvondiqov boshchiligida bo‘lib o‘tgan namoyish seminari ishtirokchilari yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi xodimlariga topshirilgan motosikllarning texnik imkoniyatlari bilan tanishib chiqdi.

Yangiliklar lentasi
0