TOShKENT, 15-iyul-Sputnik. Facebookda xorijiy fuqarolar qo‘llarida o‘ldirilgan sug‘urlar va quyonlar ushlab tasvirga olingan video paydo bo‘ldi. Ushbu video internetda qizg‘in muhokama qilinmoqda, deb yozadi Sputnik Qirg‘iziston xabariga asosan.
Videolavhadagi kishilarning suhbatidan ma’lum bo‘lishicha, ular arab mamlakatlaridan kelishgan.
"Biz hozir Qirg‘izistondamiz. Bularni bizga Olloh sovg‘a qildi, barchasi u sababli", — degan ular kameraga qarab.
Ushbu videolavha internet foydalanuvchilari tomonidan qizg‘in tanqidiy muhokama qilinmoqda.
Jumladan, "Qirg‘izistonda ko‘p narsa sotiladi, agarda hamma narsa sotilmasa" — deb yozgan internet foydalanuvchi Nurbek Melisov.
"Agarda pulini to‘lab qo‘ysang, xohlagan ishingni qilasan. Nimaga hayron qolasizlar? To‘lab qo‘y va istagan hayvonni ovlasang bo‘ladi" — deya qo‘shimcha qilgan u.
Daniyar Jakshilikovga ko‘ra, Qizil kitobga kiritilmagan hayvonlarni ovlash sayyohlarni jalb qilishning eng yaxshi usulidir.
"Muallif, sen yanglishapsan. Ular ov qilish uchun pul to‘lab qo‘yishgan. Davlatimizda sayyohlarni shu usul bilan jalb qilishadi. Ular bir dona quyon ov qilish uchun qo‘yning narxini to‘lab qo‘yishadi. Bu oddiy hol" — deb yozgan Jakshilikov.
Sputnik Qirg‘iziston tahririyati ushbu holatni izohlab berish uchun Tabiat va o‘rmon xo‘jaligini muhofaza qilish davlat agentligi mudiri Talant Turdumatovga murojaat qildi. Turdumatovning fikricha, ushbu videodagi odamlar brakonyerlardir. Chunki ularning qo‘llarida 5 dona quyon va shuncha miqdorda sug‘urlar bo‘lgan.
"Hozirgi vaqtda quyonlarni ovlashga ruxsat etilmagan. Ammo sug‘urlarni ovlash mumkin. Lekin hech bir xorijiy fuqaro ruxsatnoma olish uchun murojaat qilmagan. Afsuski, bu holat tushunarsiz, ular qayerda ov qilishgan. Hozir bu holatni tekshirmoqdamiz. Aniqlangandan so‘ng huquq tartibot organlarga murojaat qilamiz. Bu sayyohlardan jarima olish zarur, ya’ni har bir sug‘ur uchun 1,5 ming som (21,7 $) va quyon uchun ming som (14,4 $)" — deb ta’kidladi Turdumatov.
Shuningdek, "sayyohlarga qurol bergan mahalliy aholiga ham chora ko‘riladi", — deb qo‘shicha qildi u.
Bugungi kunda bir dona quyon ov qilish uchun ruxsatnomaning narxi 100 somni (1,4 $), sug‘ur uchun esa — 250 somni (3,6$) tashkil etadi.