TOShKENT, 14-iyul — Sputnik. Shayxontohur tumaniga Odilxon Bakiyevich Rustamov hokim etib tayinlandi. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati xabar bermoqda.
Odilxon Rustamov 1968-yilda tug‘ilgan bo‘lib, ilgari Toshkent shahri, Xorazm va Jizzax viloyatlari soliq inspeksiyalarida rahbarlik lavozimlarida ishlagan.
2016-2017 yilda esa "O‘zbekoziqovqatxolding" xolding kompaniyasi aksiyadorlik jamiyati boshqaruv raisi sifatida faoliyat olib borgan.
Shayxontohur tumanining avvalgi hokimi Oybek Mirtemirov boshqa ishga o‘tkazildi. U tumanga hokim etib 2016-yil 26-oktabrda tayinlangan edi.