Alpinistlar Chimonda yo‘qolgan erkakni qidirishda ko‘ngillilardan yordam so‘ramoqda

© Oleg BrovkoAlpinisti v gorax
Alpinisti v gorax - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Toshkentlik Boris ismli kishi 5-iyuldan buyon qidirilmoqda

TOShKENT, 14-iyul — Sputnik. Yaqinda Chimon tog‘ida yo‘qolib qolgan erkakni qidirish ishlari davom etmoqda. O‘zbek alpinistlari uni topish uchun ko‘ngillilarni taklif etishmoqda.

Spasatelnie raboti v gorax - Sputnik O‘zbekiston
Chimonda yo‘qolgan fuqaro vertolot yordamida qidirilmoqda

"5 iyul kuni Chimonda yo‘qolib qolgan Boris S.ni qidirish ishlari davom etayotganligini ko‘pchilik biladi. Uni FVV, harbiylar, vertolot, cho‘ponlar, turist va alpinistlar qidirishmoqda. Qidiruv davom etmoqda. Hozircha natijaga erishilmadi. Kelayotgan dam olish kunlari yordam berishni istaganlarni bizga qo‘shilishga taklif qilaman. Kerakli kiyim-bosh va durbin lozim bo‘ladi", deb yozadi O‘zbekiston alpinizm va qoyaga chiqish federatsiyasi prezidenti Alisher Xursandov.

Eslatib o‘tamiz, toshkentlik Boris ismli kishi 5-iyuldan buyon qidirilmoqda. U oxirgi marta oyog‘ini sindirib olgani va yordam kerakligi haqida xotiniga qo‘ng‘iroq qilgan.

Yangiliklar lentasi
0