O‘zbekiston Moliya vazirining birinchi o‘rinbosari pensiyaga chiqdi

© Sputnik / Mixail VoskresenskiyKreslo
Kreslo - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
27 yildan beri O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirining birinchi o‘rinbosari bo‘lib ishlagan Guskova Tatyana Nikolayevna lavozimidan ozod etildi

TOShKENT, 14-iyul — Sputnik. O‘zbekiston Moliya vazirining birinchi o‘rinbosari pensiyaga chiqdi, deb xabar qilindi O‘zbekiston Respublikasi prezidenti rasmiy saytida.

"Guskova Tatyana Nikolayevna O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirining birinchi o‘rinbosari lavozimidan ozod etildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 13-iyuldagi PQ-3131-son qaroriga muvofiq Guskova Tatyana Nikolayevna nafaqaga chiqishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirining birinchi o‘rinbosari lavozimidan ozod etildi", — deyiladi xabarda.

O‘zbekiston Moliya vaziri birinchi o‘rinbosari etib Axadbek Haydarov tayinlangan.

Yangiliklar lentasi
0