ATK vaziri Mirziyoyev va AQShdagi o‘zbekistonliklar o‘rtasida uchrashuv tashkil etmoqchi

© Mejdunarodniy press-klub RUzShermatov Sherzod - Ministr po razvitiyu informatsionnix texnologiy i kommunikatsiy Uzbekistana
Shermatov Sherzod - Ministr po razvitiyu informatsionnix texnologiy i kommunikatsiy Uzbekistana - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Vazir ushbu uchrashuvni tashkil qilish uchun ko‘ngillilar kerak bo‘lishini bildirgan

TOShKENT, 14-iyul — Sputnik. Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sherzod Shermatov Facebookdagi sahifasida Shavkat Mirziyoyevning AQShdagi o‘zbekistonliklar bilan uchrashuvini tashkil etish tashabbusi bilan chiqdi.

"AQShdagi aziz do‘stlar, sizlarga ma’lumki, O‘zbekiston prezidenti sentabr oyida BMT Bosh assambleyasiga tashrif buyuradi. Shunday ekan, uning o‘sha yerda yashayotgan taniqli o‘zbeklar bilan uchrashuvini tashkil etishga urinib ko‘rmaymizmi? Masalan, men 1999-yilda AQShda birinchi prezidentimiz bilan uchrashganimda bu men uchun juda katta tajriba bo‘lgan. Shuning uchun agar shunday uchrashuv uyushtirsak, bu o‘sha yerda yashayotgan yurtdoshlarimiz uchun yodda qolarli voqea bo‘lardi deb o‘ylayman", deb yozadi Sherzod Shermatov.

Vazir uchrashuv tashkil qilish uchun ko‘ngillilar kerak bo‘lishini bildirgan.

"Buning uchun menga salohiyatli ishtirokchilar (ism-shariflari, mavqeyi, aloqa ma’lumotlari) ro‘yxatini tuzishda yordam beradigan ko‘ngillilar kerak bo‘ladi. Agar o‘sha yerda yashaydigan va bunday uchrashuvga qiziqish bildirgan taniqli o‘zbeklar (masalan, olimlar, o‘qituvchilar, vrachlar, biznesmenlar, xalqaro tashkilotlarda yuqori lavozimlarda ishlaydiganlar va muvaffaqiyatga erishganlar hamda talabalar) ro‘yxatini tuza olsak, bu haqda ma’muriyatga yetkazishga harakat qilib ko‘raman. Taklif va g‘oyalaringizni yuborishingiz mumkin", deb yozadi u.

Ko‘plab foydalanuvchilar mazkur taklifni qo‘llab-quvvatlab o‘z fikrlarini qoldirishgan.

Yangiliklar lentasi
0