Rossiyaning migratsiya qonunchiligiga o‘zgarishlar kiritilmoqda

© Sputnik / Ilya Pitalev / Mediabankka o‘tishViza v pasporte
Viza v pasporte - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Sayyohlik yoki boshqa maqsadlarda taklif qilingan chet el fuqarolari keyinchalik ishlash uchun qolib ketmasligi kerak. Bundan buyon shunday qoidabuzarlikka yo‘l qo‘ygan korxonalarga 500 ming rubl jarima solinadi.

TOShKENT, 13-iyul — Sputnik. Rossiyada yashayotgan  chet el fuqarolarining huquqlarini belgilaydigan asosiy qonun hisoblangan "Rossiya Federatsiyasida chet el fuqarolarining huquqiy mavqeyi" qonuniga o‘zgartirish kiritilishi rejalashtirilmoqda.

Xususan, mazkur qonunning 16 moddasiga quyidagilar qo‘shimcha qilindi:

"6. Chet el fuqarosni taklif qilgan tomon, tashrif muddati yakunlanganidan keyin, uning o‘z vaqtida Rossiya Federatsiyasi hududini tark etishini ta’minlashi kerak. Shuningdek, taklif qilayotgan tomon, chet el fuqarosi oldindan xabar qilgan kirish maqsadini amalga oshirilishini ta’minlashi kerak bo‘ladi", — deyilgan yangi qonun loyihasi matnida.

Ya’ni sayyohlik yoki boshqa maqsadlarda taklif qilingan chet el fuqarolari keyinchalik ishlash uchun qolib ketmasliklari kerak. Rossiya IIV xabariga ko‘ra, 2016-yilda ana shunday qoidabuzarliklardan 130 mingtasi aniqlangan.

Bundan buyon shunday qoidabuzarlikka yo‘l qo‘ygan korxonalarga 500 ming rubl jarima solinadi. Xususiy shaxslarga 40 mingdan 50 ming rublgacha, mansabdor shaxslarga esa 400 mingdan 500 minggacha.

Shuni ta’kidlash kerakki,  yuqorida qayd etilgan holatlar Rossiyaga viza bilan kiradigan uzoq chet el davlatlari fuqarolariga taaluqli. O‘zbekiston fuqarolarining Rossiyaga kirishi uchun Rossiya tomonidan taklifnoma va viza kerak emas.

Yangiliklar lentasi
0