TOSHKENT, 13 iyul — Sputnik. Moskva harbiy okrug sudi siyosatchi Boris Nemtsovni oʻldirganligi uchun killer Zaur Dadayevni 20 yilga ozodlikdan mahrum qildi, deb xabar berdi RIA Novosti muxbiri sud zalidan.
Prokuratura Dadayev uchun umrbod qamoq jazosini soʻragan.
"Dadayev 20 yil muddatli jazoni qatʼiy rejim koloniyasida oʻtashga hukm qilindi. Unga shuningdek 100 ming rubl miqdorida jarima belgilandi", — deb hukm oʻqigan sudya Yuriy Jitnikov.
Bundan tashqari, sud Dadayevni leytenant unvoni va Jasorat ordenidan mahrum qilgan.
Sud shuningdek, siyosatchi oʻlimida ayblangan qolgan ayblanuvchilar ustidan ham oʻz hukmini eʼlon qilgan. Jumladan, qotilni hodisa joyidan olib ketgan Anzor Gubashevni 19 yilga, uning ukasi Shodidni — 16 yilga, Nemtsovni kuzatib yurgan Temirlan Eskerxanovni — 14 yilga, Xamzat Baxayevni esa 11 yilga ozodlikdan mahrum etilgan.
Ularning har biriga 100 ming rubl miqdorida jarima belgilangan. Xuddi Dadayev singari bu aybdorlar ham jazoni qatʼiy tartibdagi koloniyada oʻtashadi.
Sizlarga hukm tushunarlimi degan savolga jazoga tortilganlarning barchasi "yoʻq" deb javob berganlar. Dadayev esa "Xudo sizlarga sudya" degan gapni aytgan.
Hukmdan norozi himoyachilar shikoyat berishlarini maʼlum qilganlar.
Ayblovchi tomon esa sud qaroridan roziligini, ammo Dadayev muddati boʻyicha shikoyat arizasini berish niyati yoʻq emasligini aytgan.
Eslatib oʻtamiz, rossiyalik siyosatchi Boris Nemtsov 2015 yilning 27 fevralida Moskvoretsk koʻrigida otib ketilgan. Zaur Dadayev koʻprik ustida ketib borayotgan siyosatchi va uning sevgilisi ketidan yugurib kelib, Nemtsovga qarata olti marta oʻq uzgan.