Migratsiya agentligi 500-1100 dollarlik ishlarga taklif qilmoqda

© Sputnik / Aleksandr Vilf / Mediabankka o‘tishVizit ekspertov FIFA i Orgkomiteta "Rossiya-2018" na stadion "Lujniki"
Vizit ekspertov FIFA i Orgkomiteta Rossiya-2018 na stadion Lujniki - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Taklif qilinayotgan vakansiyalar orasida avtobus haydovchilari, bo‘yoqchi-suvoqchilar, slesar, tokar, naladchik, termistlar hamda tikuvchilar bor.

TOShKENT, 13-iyul — Sputnik. O‘zbekiston Mehnat vazirligi huzuridagi Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi bugungi kunda agentlikda mavjud bo‘lgan vakansiyalar ro‘yxatini e’lon qildi.

Voditel avtobusa, arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston
Moskva avtobuslarida ishlash uchun haydovchilar tanlovi boshlandi

Yo‘nalishli avtobus haydovchilari — 1000 kishi. Mosgortrans kompaniyasi "D" kategoriyaga ega bo‘lgan tajribali haydovchilarini ishga taklif qilmoqda. Maosh  43-60 ming rubl, turar joy va kunlik yo‘l xarajatlari qoplanadi. Nomzodlar kamida 1  yillik ish tajribasi bo‘lishi va rus tilini yaxshi bilishi kerak.

Bo‘yoqchi-suvoqchilar — 20 kishi. Moskva, Skolkovo hududi. Maosh  40-45 ming, turar joy va ovqat xarajatlari  qoplanadi.  Nomzodlar bir yillik tajribaga ega bo‘lishi va 20-45 yoshda bo‘lishi kerak.

Shlifovshik, tokar, slesar, naladchik stankov, termistlar —  270 kishi. Volgograd podshipnik zavodi rus tilini o‘rtacha bilgan fuqarolarni ishga taklif qilmoqda. Kerakli tajribaga ega bo‘lmaganlarni joyida o‘qitish imkoni bor.  Nomzodlar turar joy va ovqat bilan ta’minadi.  Maosh o‘qish vaqti 15-22 ming rubl, ishlash vaqti — 30 ming rubl.

Tikuvchi qiz - Sputnik O‘zbekiston
Tikuvchilar Rossiyaga ishga taklif qilinmoqda

Tikuvchilar. Astraxan shahrida joylashgan "Xaska" korxonasi 4 razrad va undan yuqori malakaga ega bo‘lgan tikuvchilarni ishga taklif qilmoqda. Tikuvchilar rus tilini o‘rtacha bilishi kerak.  Maosh 20-40 ming rubl. Patent rasmiylashtirish xarajatlari  (8600 rubl) ish beruvchi tomonidan qoplanadi. Turar joy va ovqatlanish bir kuniga 33 rubl. O‘zbekistondan kelish yo‘l puli, keyinchalik maoshidan ushlab qolish sharti bilan,  ish beruvchi tomonidan qoplanishi mumkin.

Yuqoridagi vakansiyalar bo‘yicha ishlashni istagan fuqarolar O‘zbekiston Tashqi Mehnat migratsiyasi agentligiga murojaat qilishlari mumkin. Manzil Toshkent, Olmazor tumani, Kamarniso ko‘chasi, 1uy.  tel: 214-51-87, 214-24-29.

Eslatib o‘tamiz, 2017-yilning 4-5 aprel kunlari Shavkat Mirziyoyev boshchiligidagi delegatsiyaning Rossiya Federatsiyasiga tashrifi davomida O‘zbekiston fuqarolarini Rossiya korxonalariga turar joy, tibbiy sug‘urta bilan ta’minlangan va huquqlari kafolatlangan holda, tashkillashtirilgan tartibda ishga taklif qilish haqida kelishib olingan edi.

Yangiliklar lentasi
0