Apple Park - Stiv Jobsning so‘nggi mahsuloti

© Lovi MomentApple Park
Apple Park - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Stiv Jobs yangi majmuani kamroq ofisga va ko‘proq tabiat qo‘ynidagi boshpanaga o‘xshash bo‘lishini xoxlagan ekan.

TOShKENT, 13-iyul — Sputnik. Stiv Jobsning shaxsan ishtirokida yaratilgan eng so‘nggi mahsulot dunyoga taqdim etilish arafiasida turibdi. Uning nomi Apple Park. Ya’ni dunyoga mashhur kompaniya uchun yangi ofis majmuasi. Kompaniya rasmiy xabariga ko‘ra, bugungi kunda Kuppertinoda 30 ta binoda ijarada turgan kompaniya xodimlarini Apple 2018-yilning aprel oyidan boshlab yangi ofisga ko‘chira boshlaydi.

Apple ning yangi ofisi haqidagi dastlabki ma’lumot 2006-yilda paydo bo‘lgan edi. Uning dastlabki nomi Apple  Campus 2 bo‘lgan. Yangi majmua loyihasi 2006-2011 yillar orasida Stiv Jobs dunyoning dunyoning yetakchi me’morlarini bilan birgalikda ishlab chiqqan.

Aytishlariga qaraganda, Stiv Jobsning shaxsan o‘zi yangi loyihaning har bir mayda-chuyda detaligacha aralashgan. Bino tashqi ko‘rinishidan tortib, oynalar orasida necha millimetr bo‘lishi, binoning umumiy balandligi, pol qoplamasi va uning atrof muhitga bilan qanday moslashuviga ham juda katta e’tibor berilgan. Xususan Apple Campus 2 binolarining 4 qavatdan baland bo‘lmasligi ham Jobsning niyati bo‘lgan.

Apple Campus 2 qurilishi uchun Kuppertino shahrida 70 gektar industrial maydonni sotib oladi. Oldin sanoat binolari, parkovkalar joylashgan hudud mutlaq o‘zgartirib yuboriladi. Asosiy o‘zgarishlar chiroyli manzarali bog‘lar yaratish va tabiat muhitga e’zozli bo‘lgan texnologiyalarni qo‘llashdan iborat bo‘lganligi bugungi kunda yaqqol ko‘zga tashlanadi.

© AppleApple Park
Apple Park - Sputnik O‘zbekiston
Apple Park

Umiy hisobda 13 ming kishiga mo‘ljallangan yangi ofisning keyinchalik Aplle Park deb atalishi ham bejiz emas, chunki uning hududining 80 % yashil bog‘lar bilan qoplangan. Oldingi yer usti parkovkalarining 90% o‘rniga butun dunyodan keltirilgan 7 mingdan ortiq daraxtlar ekilgan.

Ofis atrofidagi park hududi piyodalar va velosipedchilar yo‘laklari bilan qoplangan. Ofis ishchilari bir joydan ikkinchi joyga yetib olishlari uchun 1000 dona velosipedlar majvud. Shuningdek Apple park hududida Fitnes sentr, 14 ming avtomobil uchun yer osti va ko‘p qavatli parkovkalar mavjud.

Yangi majmua faqat qayta tiklanadigan energiya manbaalaridan foydalanadi. Ofis binolarining va garajlarning barchasining tomida quyosh nurini elektr tokiga aylantiriuvchi moslamalar o‘rnatilgan.  Undan tashqari biogaz yordamida ishlaydigan ekologik toza alohida elektr stansiyasi qurilgan. Shuningdek yangi ofis binosi yilning 9 oyi davomida isitish va sovutishni moslamalaridan foydalanishni talab qilmaydi.

Shuningdek Apple Park hududida 700 kishiga mo‘ljallangan prezentatsiyalar zali ham joylashgan. Uning nomi Steve Jobs Theatr.  Balandligi 7 metr, diametri 50  metr bo‘lgan bino dekorlari oynadan qurilgan.

Bugungi kunda Apple park binosi qurilishining oxirgi bosqichlari yakunlanmoqda. Dronlardan olingan videoga ko‘ra u haqiqatdan ham dunyodagi eng yaxshi ofis binosi bo‘lishi mumkin. Uning qiymati 5 milliard dollarni tashkil qilmoqda.

P.S. Twitter foydalanuvchisi Mirnes Kovac Apple Park binosini qadimiga Bog‘dod shahriga o‘xshash tomonlarini topgan va quyidagi rasmni joylashtirgan. Esingizda bo‘lsa Stiv Jobsning otasi Yaqin Sharqdan (Suriya) AQShga kelgan mehnat migranti bo‘lgan.

Yangiliklar lentasi
0