TOShKENT, 13-iyul — Sputnik. Bu haqda poytaxt IIBB boshlig‘i o‘rinbosari Doniyor Toshxo‘jayev ma’lum qildi, deb xabar berdi Uznews.uz.
Surishtiruv jarayonida ma’lum bo‘lishicha, Chilonzor tumanida yashovchi ayol jazirama havoga qaramasdan, uch nafar farzandini xonadonda qarovsiz qoldirib eshikni qulflab chiqib ketgan.
Oqibatda uning 3 va 5 yoshli qizlari tez yordam kelguniga qadar vafot etgan.
Ushbu holat yuzasidan Chilonzor tumani IIB tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 117-moddasi (Xavf ostida qoldirish) 3-qismi A bandi bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.