TOShKENT, 11-iyul — Sputnik. Bugun Toshkentdagi qator kollej va litseylar yopilishi haqida xabarlar tarqalgan edi. Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi bo‘lim boshlig‘i Otajon Omonov Sputnik muxbiriga ushbu xabar huquqiy asosga ega emasligini ma’lum qildi.
Otajon Omonovning ta’kidlashicha, ayni paytda respublikadagi barcha akademik litsey va kasb-hunar kollejlarida 9-sinf bitiruvchilarining hujjatlarini qabul qilish davom etmoqda.