Toshkentda bir sutkada 30 nafar mast haydovchi aniqlandi

© Sputnik / Sergey Patakov / Mediabankka o‘tishPosetitelnitsa na vistavke
Posetitelnitsa na vistavke - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
YHXB inspektorlari 2411 ta yo‘l qoidalarini buzish holatlarini aniqlashgan, undan 726 tasi qo‘pol qoidabuzarliklar hisoblanadi va 30tasi mast holda avtomobilni boshqarish bo‘lgan.

TOShKENT, 12-iyul — Sputnik. Toshkent shahar IIBB 9-iyulda poytaxt ko‘chalarida sodir bo‘lgan huquqbuzarliklar statistikasini e’lon qildi.

Unga ko‘ra, bir kun davomida Toshkentda bitta YTH sodir bo‘lgan va unda ikki kishi tan jarohatlari olgan. Qurbonlar yo‘q.

Undan tashqari, YHXB inspektorlari 2411 ta yo‘l qoidalarini buzish holatlarini aniqlashgan, undan 726 tasi qo‘pol qoidabuzarliklar hisoblanadi va 30tasi  mast holda avtomobilni boshqarish bo‘lgan.

Shuningdek, 9-iyul kuni videoqayd kameralari yordamida 993ta yo‘l harakati qoidalarini buzish holatlari aniqlangan. Ulardan 396 tasi svetoforning qizil chirog‘iga o‘tish va 597tasi tezlikni oshiish toifasiga kiradi.

Yangiliklar lentasi
0