Toshkent - Termez yo‘lining Qozog‘istondan o‘tgan qismi ochildi

© Press-slujba Komiteta gosudarstvennix doxodov Ministerstva finansov RKDva novix punkta propuska otkrili na granitse Kazaxstana i Uzbekistana
Dva novix punkta propuska otkrili na granitse Kazaxstana i Uzbekistana - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston va Qozog‘iston fuqarolari soddalashtirilgan tartibda — bojxona hujjatlarini rasmiylashtirmasdan, Maqtaaral tumani orqali to‘xtalishlarsiz tranzit bilan chegaradan o‘tishi mumkin. Faqat shaxsni tasdiqlovchi hujjat talab etiladi.

TOShKENT, 12-iyul — Sputnik. Kecha 11-iyul kuni M-39 yo‘lining Toshkent va Samarqand orasida joylashgan Qozog‘istonning Maqtaaral tumani orqali o‘tuvchi bo‘lagi ochildi, deb habar qilmoqda «Axborot» dasturi.

Qozog‘iston hududiga kirish va chiqishda ikki mamlakatning chegara nazorat punktlari joylashgan. kechadan boshlab «Malik»/«Sirdaryo» va «Oq oltin» /«Selinniy» avtomobil o‘tkazish punktlari faoliyati qayta tiklandi.

M-39 yo‘li - Sputnik O‘zbekiston
Jizzax-Toshkent yo‘lining Qozog‘istondan o‘tgan qismi ochiladi

Eslatib o‘tamiz, Toshkent va Jizzax orasida M-39 yo‘lining 25 kilometrli bo‘lagi Qozog‘iston hududidan o‘tgan. 2006-yilda yo‘lning ushbu bo‘lagi yopilgan edi. Undan keyin O‘zbekistonlik haydovchilar Toshkentga yetib olish uchun Sirdaryoning Guliston viloyati orqali aylanib o‘tishga majbur bo‘lishayotgan edi.

Yo‘lning ochilish marosimi tantanali ravishda hamda bir qator oliy martabali rahbarlar ishtirokida bo‘lib o‘tdi. Xususan O‘zbekiston bosh vaziri o‘rinbosari Ulug‘bek Rozuqulov, Sirdaryo viloyati hokimi G‘ofurjon Mirzayev Qozog‘iston tomonidan Qozog‘iston investitsiyalar va taraqqiyot vaziri o‘rinbosari Roman Sklyar, Janubiy Qozog‘iston viloyati hokimi Janseit Tuymebayev, Qozog‘istonning Toshkentdagi elchisi Yerik Utembayevlar ishtirok etdi.

Yo‘l orqali faqatgina yengil avtomobillarning o‘tishiga ruxsat beriladi, yuklar va tijoriy maqsadlardagi tovarlarni olib o‘tish taqiqlanadi.

O‘zbekiston fuqarosi bojxona hujjatlarini rasmiylashtirmasdan, Maqtaaral tumani orqali to‘xtalishlarsiz tranzit bilan chegaradan o‘tishi mumkin. Bunda davlat chegaralarini kesib o‘tish huquqini beruvchi shaxsni tasdiqlovchi hujjat talab etiladi.

Notranzit maqsadlarda Qozog‘iston yo‘nalishida harakatlanuvchi O‘zbekiston va Qozog‘iston fuqarolariga nisbatan chegara nazorati qonunchilikda belgilangan tartibda va O‘zbekiston imzolagan xalqaro shartnomalar doirasida amalga oshiriladi.

Bojxona nazorati soddalashtirilgan tartibda amalga oshiriladi, hech qanday bojxona deklaratsiyalari to‘ldirilmaydi, transport vositasi ro‘yxatga olinmaydi va bojxona ko‘rigidan o‘tkazilmaydi, biroq majburiy vizual ko‘rik olib boriladi.

© Nuz.uzTrassa M-39 soyedinit Kazaxstan-Kirgizstan-Uzbekistan
Trassa M-39 soyedinit Kazaxstan-Kirgizstan-Uzbekistan - Sputnik O‘zbekiston
Trassa M-39 soyedinit Kazaxstan-Kirgizstan-Uzbekistan
Yangiliklar lentasi
0