Qirg‘iziston 2018-yilda Buyuk Ipak yo‘li mamlakatlari forumini o‘tkazishni taklif qildi

© Sputnik / Natalya Seliverstova / Mediabankka o‘tishFlag Kirgizii
Flag Kirgizii - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Forum mavjud iqtisodiy munosabatlarini yaxshilashga, savdo munosabatlarini yengillashtirishga va mavjud to‘siqlarni bartaraf etishga qaratilgan bo‘ladi.

TOShKENT, 12-iyul — Sputnik. Qirg‘iziston Jahon Savdo tashkiloti rahbarligi ostida Buyuk Ipak yo‘li mamlakatlari forumi o‘tkazishni taklif qildi, deb xabar qilmoqda mamlkat Iqtisodiyot vazirligi matbuot xizmati.

Muassasa xabariga ko‘ra, ushbu tashabbus Iqtisodiyot vaziri Arzibek Kojoshevning Jenevada JST direktori Robertu Azevedu bilan bo‘lgan uchrashuvi davomida taklif qilingan.

"Iqtisodiyot vaziri 2018-yilda Qirg‘izistonda "Buyuk Ipak yo‘li qayta tug‘ilishida JSTning o‘rni" mavzusida hududiy seminar o‘tkazishni taklif qildi", — deyilgan vazirlik axborot xizmati xabarida.

Vazirlik xabariga ko‘ra, ushbu forum Buyuk Ipak yo‘li iqtisodiy kamari bo‘ylab joylashgan mamlakatlar orasida mavjud iqtisodiy munosabatlarini yaxshilashga doir masalalrni muhokama qilish, hududda JST shartnomasida ko‘zda tutilgan savdo munosabatlarini yengillashtirish  va mavjud to‘siqlarni aniqlash va ularni bartaraf etishga qaratilgan bo‘ladi.

Xalqaro forum Qirg‘izistonning JSTga a’zo bo‘lganining 20-yilligiga bag‘ishlangan bo‘ladi. O‘z navbatida JST direktori ushbu g‘oyani ma’qullab, uni o‘tkazishda tashkilot tomonidan o‘rdam ko‘rsatishga va’da bergan.

Yangiliklar lentasi
0