TOShKENT, 12-iyul — Sputnik. Shavkat Mirziyoyevning bugun e’lon qilingan 3126-sonli qaroriga asosan, fuqarolar eng ko‘p yashayotgan chet el mamlakatlarida O‘zbekiston migratsiya xizmatlarining vakolatxonalari ochish masalasi ko‘rib chiqilmoqda.
"Chet mamlakatlarda, birinchi navbatda ko‘p sonli O‘zbekiston fuqarolari yashayotgan davlatlarda, O‘zbekiston Respublikasining migratsiya sohasiga javobgar organlarining vakolatxonalarini ochish va ularning faoliyatini tashkil qilish masalasida takliflar kiritilsin", — deyilgan qaror matnida.
Ushbu takliflar Ichkin ishlar vazirligi, Mehnat vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi va ushbu sohaga aloqador boshqa tashkilotlar tomonidan 2018-yilning birinchi fevraliga qadar kiritilishi kerak.
Shuningdek, takliflar O‘zbekiston Respublikasi imzolagan barcha davlatlararo va hukumatlararo shartnomalari hamda migratsiya sohasidagi vaziyatni chuqur o‘rganib chiqish va tahlil qilish asosida ishlab chiqarilishi kerak, deyilgan qarorda.
"Chet ellarda ochiladigan migratsiya markazlarining vazifasi — aholini ro‘yxatdan o‘tkazishni va mehnatga ruxsatnoma olish jarayonini osonlashtirish", deyilgan Prezident qarorida.