TOShKENT, 12-iyul — Sputnik. O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi Italiyada bo‘lib o‘tgan Jahon kubogi musobaqasida ishtirok etdi, deb xabar bermoqda SPORTS.uz portali.
Xabarda aytilishicha, 31 mamlakat terma jamoalari qatnashgan ushbu musobaqada o‘zbekistonlik gandbolchilar Jahon kubogini qo‘lga kiritishdi.
Finalga qadar o‘zbekistonlik sportchilar Daniya (17:11), Germaniya (23:17), Italiya (28:22) va Turkiya (22:11) terma jamoalarini mag‘lubiyatga uchratishdi.
Musobaqa reglamentiga ko‘ra, finalda eng ko‘p ochko to‘plagan jamoalar kuch sinashishi lozim edi. O‘zbekistonlik sportchilarga yana Germaniya terma jamoasi to‘qnash keldi. Finalda O‘zbekiston terma jamoasi Germaniyani 28:24 hisobida mag‘lub etdi. Daniya terma jamoasi uchinchi o‘rinni oldi.