TOShKENT, 11-iyul — Sputnik. Qozon shahrida yashayotgan dizayner Alexander Shtorm yangi Gorkiy nomli avtozavodning yangi "Volga" avtomobili qanday bo‘lishi mumkinligi haqida o‘z ishini taqdim etdi.
Volga 2020 Concept loyihasi bir qarashda bir necha chet el avtomobillariga o‘xshab ketadi.Uning oldi qismida Infinity Q7, orqa tomonidan esa yangi Mercedes sedanlariga yon tomonidan esa Jaguar avtomobillarini eslatadi.
Umuman olganda, buning hayratlanarli joyi yo‘q, chunki GAZ avtomobil zavodi 2008-yildan buyon o‘z yengil avtomobillarini ishlab chiqarishni to‘xtatgan. Ayni damda zavodda turli chel el brendlari jamlanmoqda.
Eslatib o‘tamiz, GAZ rahbariyati bir necha oy oldin zavodda yangi modeldagi avtomobil yaratilayotgani haqida xabar bergan edi, lekin ushbu avtomobil sedan emas Volkswagen Caddy yoki Ford Transit kabi kichik furgon yoki miniven shaklida bo‘ladi.