Ulkan qurtmi yoki ilon: bishkeklik fuqaroning topilmasi

© foto ochevidsa, otpravlennoe po Whats App-kanaluBishkekning Asanbay mikrorayonidan topilgan noma’lum "qurt"
Bishkekning Asanbay mikrorayonidan topilgan noma’lum qurt - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Bishkeklik yigitga: Qirg‘iziston poytaxtida "Bu turdagi jonzod qayerdan kelib qoldi va u qanchalik xavfli", degan savol tinchlik bermayapti

TOShKENT, 11-iyul — Sputnik. Bishkekning "Asanboy" mikrorayonida yashovchi fuqaro "juda katta bir qurtga" duch keldi. U bu haqda Sputnik Qirg‘izistonning WhatsApp-kanali orqali xabar qilgan.

Yigitning aytishicha, "qurt" uzunligi 80 santimetrlarni tashkil qiladi. Bishkek fuqarosini bu turdagi jonzod poytaxtga qay tarzda kelib qoldi va u odamlar uchun qay darajada xavfli, degan savol o‘ylantirmoqda.

Veterinar Polad Suleymanovning  izoh berishicha, suratda sariq ilon — ya’ni oyoqsiz kaltakesak aks ettirilgan bo‘lib, sudraluvchi mutlaqo xavfsiz.

"1970-yillarda Bishkekda bu kabi jonivorlar ko‘p edi, ammo qurilishlar tufayli ular chor tomonga "tarqalib" ketdi, aksariyati yo‘q bo‘lib ketishdi. Ulardan qo‘rqishga hojat yo‘q — ilonlar bezarar, sababi ular faqat hasharot, qurt-qumursqa bilan oziqlanadi", — deb ta’kidlagan mutaxassis.

Sariq ilon ayrim mamlakatlarda kamayib ketayotgan umurtqasiz hayvon sifatida Qizil kitobga kiritilgan.

Yangiliklar lentasi
0