TOShKENT, 11-iyul — Sputnik. Tojikistonning Konibodomida 13 yashar qiz bilan jinsiy aloqa qilganlikda ayblanib, ikki erkak qo‘lga olindi, deb xabar qildi Sputnik Tojikiston.
Nashr xabariga ko‘ra, erkaklarni qo‘lga olish ishlari So‘g‘d viloyatida amalga oshirilgan.
"Gumondorlardan biri Konibodomdagi mehmonxonaga 13 yashar qizni olib kelgan va mehmonxona administratoriga 100 somoniy (taxminan 95 ming so‘m) berib, qiz bilan yarim soatcha vaqt o‘tkazgan", — deyiladi xabarda.
So‘ngra erkak voyaga yetmagan qizni tanishining kvartirasiga olib borgan. Ikkinchi erkak ham qiz bilan jinsiy aloqa qilgan.
Ikki erkakka nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atilgan. Ular 2-yildan 5-yilgacha qamoq jazosiga mahkum etilishi mumkinligi aytilmoqda.