TOShKENT, 11-iyul — Sputnik. 12-16 iyun kunlari respublikaning tog‘li va tog‘ oldi hududlarida sel kelishi xavfi mavjud, deb ogohlantirdi O‘zbekiston Favqulodda vaziyatlar vazirligi.
"O‘zgidromet" markazining ma’lumotiga ko‘ra, 2017-yil 12-16 iyul kunlari xavo harorati issib ketishi oqibatida respublika tog‘li hududlarda Tojikiston va Qirg‘iziston hududidan sel kelish xavfi mavjud.
Nurek suv omborida suv ko‘payishi va tog‘lardan erigan suvlar tushishi hisobiga Amudaryo suv darajasi 400-420 smgacha ko‘tarilishi mumkin. Buning natijasida qirg‘oqlarni va atrofdagi hududlarni suv bosishi mumkin.
O‘zbekiston FVV fuqarolardan xavfsizlik qoidalariga qat’iy rioya qilish so‘ralmoqda.