TOShKENT, 11-iyul — Sputnik. Toshkentda tug‘ilib o‘sgan Milana Vayntrub amerikaning Marvel kinostudiyasi tomonidan suratga olinayotgan filmda bosh rollardan birini ijro etadi.
Yangi film fentezi janrida suratga olingan bo‘lib, unda Milana olmaxon-qiz rolini ijro etadi. Serial "Yangi urushlar" nomli komiks asosida suratga olingan. Bu haqida aktrisa o‘zining Instagramida xabar qildi.