O‘zbekistonda "Kitoblar dunyosi 2017" xalqaro ko‘rgazma-yarmarkasi o‘tkaziladi

© Sputnik / Yevgeniy Biyatov / Mediabankka o‘tishKitob ushlab turgan erkak
Kitob ushlab turgan erkak - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ko‘rgazma-yarmarka doirasida kitob nashriyoti ishiga, O‘zbekiston adabiyotiga bag‘ishlangan anjumanlar o‘tkaziladi

TOShKENT, 11-iyul — Sputnik. O‘zbekistonda 15-avgustdan 17-avgustga qadar birinchi "Kitoblar dunyosi 2017" xalqaro-ko‘rgazma-yarmarkasi o‘tkaziladi, deb xabar qildi "O‘zekspotsentr" matbuot-xizmati.

Ko‘rgazmada kitob nashriyotiga oid eng so‘nggi yangiliklar va tendensiyalar, shuningdek, tipografiya va polligrafiya mahsulotlari va uskunalar namoyish etiladi.

Bundan tashqari, ko‘rgazma-yarmarka doirasida kitob nashriyoti ishiga, O‘zbekiston adabiyotiga bag‘ishlangan anjumanlar o‘tkaziladi. Shuningdek kitoblar taqdimoti, shoir va yozuvchilar bilan uchrashuvlar hamda hamkorlar va homiylar tomonidan tanlovlar o‘tkazilishi kutilmoqda.

Yangiliklar lentasi
0