O‘zbekistonlik 11 yoshli vunderkind matematika olimpiadasida oltin medal oldi

© David GoehringReshenie matematicheskoy zadachi
Reshenie matematicheskoy zadachi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ubay Yahoyev Bolgariyaning Nesebr shahrida bo‘lib o‘tgan "Chegarasiz matematika-2017" nomli matematika bo‘yicha xalqaro olimpiadaning final bosqichida ishtirok etdi

TOShKENT, 11-iyul — Sputnik. Xalqaro olimpiadada dunyoning 11 mamlakatidan 1200 nafar matematik g‘oliblik uchun kurash olib bordi.

Olimpiada natijalariga ko‘ra, 11 yoshli Ubay o‘z yosh bosqichi bo‘yicha birinchi o‘rinni egalladi va oltin medalni qo‘lga kiritdi, deb yozadi uznews.uz "Qaqnus media" nashriyoti direktori Mubashshir Ahmadning Facebook ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasiga asoslanib.

© Novosti UzbekistanaUbay Yahoyev
Ubay Yaxoyev - Sputnik O‘zbekiston
Ubay Yahoyev

Ubay Yahoyev sakkiz yoshida Qur’oni karimni yodlagan. Rus, ingliz va fransuz tillarida erkin gaplashadi. U hozirda Toshkentdagi "Erudit" xususiy maktabida tahsil oladi.

Yangiliklar lentasi
0