Mirziyoyev Mongoliyaning yangi saylangan prezidentiga tabrik maktubini yo‘lladi

© AP Photo / AsigangMongoliyaning yangi saylangan prezidenti Xaltmaagiyn Battulga
Mongoliyaning yangi saylangan prezidenti Xaltmaagiyn Battulga - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
"O‘zbekiston va Mongoliya tomonlarni qiziqtirgan barcha yo‘nalishlarda o‘zaro manfaatli hamkorlikni yanada kuchaytirish uchun keng imkoniyatlarga ega", - deb qayd etilgan maktubda

TOShKENT, 10-iyul — Sputnik. Shavkat Mirziyoyev Xaltmaagiyn Battulgani Mongoliya prezidenti etib saylangani bilan tabrikladi, deb xabar qildi O‘zbekiston Tashqi ishlar mahkamasi matbuot-xizmati.

Xaltmaagiyn Battulga dushanba kuni Mongoliya prezidenti vazifasini bajarishga kirishdi, deb xabar qilgan edi ilgariroq RIA Novosti.

"Sizning saylovlardagi ishonchli g‘alabangiz Mongoliya xalqining Sizdek boy amaliy tajribaga ega va o‘z xalqi va mamlakati manfaatlariga sodiq xizmat qiluvchi mashhur va nufuzli siyosiy arbobga bo‘lgan yuqori ishonchi va hurmatini tasdiqladi", — deyiladi Mirziyoyev yo‘llagan maktubda.

O‘zbekiston Mongoliyani ko‘p asrlik tarixga va o‘ziga xos madaniyatga, sezilarli tabiiy, iqtisodiy va transport-kommunikatsiya salohiyatlariga ega davlat sifatida tan oladi.

Rossiya Prezidenti Vladimir Putin. - Sputnik O‘zbekiston
Putin ShHT doirasida Xitoy, Mongoliya va O‘zbekiston rahbarlari bilan uchrashadi
Diplomatik munosabatlarning 25-yillik davrida O‘zbekiston bilan Mongoliya o‘rtasida konstruktiv siyosiy muloqot, xalqaro tashkilotlar, avvalo, ShHT doirasida hamkorlik o‘rnatilgan, iqtisodiy va madaniy-gumanitar aloqalar yo‘lga qo‘yilgan.

"O‘zbekiston va Mongoliya tomonlarni qiziqtirgan barcha yo‘nalishlarda o‘zaro manfaatli hamkorlikni yanada kuchaytirish uchun keng imkoniyatlarga ega", — deb qayd etilgan maktubda.

Mirziyoyev "birgalikdagi sa’y-harakatlarimiz orqali davlatlarimiz va xalqalarimiz farovonligi yo‘lida ikki tomonlama munosabatlarimizda sifat jihatdan yangi sahifani ochamiz", — deb e’tirof etgan.

Yangiliklar lentasi
0